Kelgusi yil O‘zbekistonda 7 ta yangi suv omobori quriladi – Shavkat Mirziyoyev

Obuna bo‘lish
Kelgusi yil Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 7ta yangi suv omborlari barpo etiladi, dedi prezident.

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlar kuniga bag‘ishlangan nutqida kelgausi yilda O‘zbekistonda melioratsiyaga katta e’tibor borilishini aytib o‘tdi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Prosmotr sujeta o stroitelstve novoy GES Tupalang v Surxandarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda yangi suv ombori qurilishi yakuniga yetmoqda

Xususan, prezident kelgusi yilda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida Davlat budjetidan qariyb 1,7 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlarining 84 million dollar miqdoridagi mablag‘ini yo‘naltirishi rejalashtirilayotganini qayd etdi.

Undan tashqari, suv omborlari tarmog‘ini kengaytirish hisobidan so‘g‘orilmaydigan lalmi yerlarni o‘zlashtirish ham  belgilanganini, buning uchun O‘zbekistonda bir necha yangi suv omborlarini qurish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.

“Toshkent viloyatida jami 45 million kub metr suv yig‘iladigan “Parkentsoy”, “Qizilsoy”, “Toshtepa”, Jizzax viloyatining Forish tumanida “Karaman”, Qashqadaryo viloyatida “Guldara”, “Ayaqchisoy”, Samarqand viloyatida “Bulung‘ur” suv omborlari barpo etiladi”, - dedi prezident.

Shuningdek prezident qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlash masalasida ham to‘xtalib o‘tdi. Bu borada, prezident, xorijdagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan birga qo‘shma fakultetlar tashkil etish, yaqinda ish boshlagan “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali agro soha mutaxassislarini, yosh kadrlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda o‘qitish belgilanganini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev  kelgusi yil O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligisohasida 1 milliard 870 million AQSh dollari hajmidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish mo‘ljallanayotgani xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0