Toshkentda Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

© Baxodir MamadjanovSentralniy bank Respubliki Uzbekistan
Sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki delegatsiyasi Markaziy bankka tashrif buyurdi.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Markaziy bankda bugun, 11-dekabr kuni Rossiya hududi va portfel boshqaruvi bo‘yicha direktor N. Xanjenkova va Markaziy Osiyo hududi bo‘yicha yangi tayinlangan direktor B. Balvanera boshchiligidagi Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Tangalar, naqd pul yoki jvachka: Markaziy bank alohida murojaatni e’lon qildi

Uchrashuv davomida Markaziy bank salohiyatini mustahkamlash, bank tizimi va moliya bozorlarini rivojlantirish, O‘zbekistonda tadbirkorlikni moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasi doirasida kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha bir qator mavzular muhokama qilindi.

Shu yil avgust oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekiston rahbarining o‘zaro manfaatli va samarali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0