03:01 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Iqtisod
Havola olish
52120

Yangi qaror loyihasiga elektr energiyasini yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

TOSHKENT, 13 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan tayyorlangan “Elektr energiyasini yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” idoralararo qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Hujjatga elektr energiyasini yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

Nizomda aytilishicha, “Oʻzbekenergo” AJ har oyda bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi hajmi va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan hajm oʻrtasidagi tafovut mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni Majburiy ijro byurosiga taqdim etadi.

Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Byuro hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan birgalikda tafovutning vujudga kelish sabablarini aniqlash boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻradi.

Nizomda tafovut mavjudligini aniqlash tartibi va uni bartaraf etish qoidalari bayon etilgan.

Xususan, tafovutni bartaraf etish yuzasidan MIB va elektr tarmoq korxonalari xodimlari isteʼmolchilar bilan, billing dasturiga kiritilgan koʻrsatkichlar asosida toʻliq hisob-kitobni amalga oshiradi.

Isteʼmolchilar bilan haqiqiy koʻrsatkichlar asosida hisob-kitob qilish va amaldagi tariflar toʻgʻri qoʻllanilishini doimiy nazorat qiladi. Shuningdek, amalga oshirilgan hisob-kitoblar asosida yuridik isteʼmolchilarga toʻlov talabnomalari yuboriladi.

Shu bilan birga, isteʼmolchilarning hisobga olish priborlari, kuchlanish, tok transformatorlari almashtirilgan taqdirda bu xaqdagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida billing dasturiga kiritib boriladi.

Qaror loyihasi Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari hamda Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi imzolanadi.

Hujjat loyihasi 27 dekabrga qadar muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular