12:39 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Iqtisod
Havola olish
313 0 0

Prezident Qashqadaryoga tashrifi chogʻida Gʻuzor tumanida qurilayotgan Uzbekistan GTL zavodiga tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga kelib, Gʻuzor tumanida qurilayotgan Uzbekistan GTL zavodiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Korxona Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqaradi. Qurilish 2016 yilda boshlangandi. Davlat rahbari 2017 yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida mazkur zavodning qurilish maydoniga kelib, uning moliyalashtirilishi, xorijiy texnologiyalar  bilan jihozlanishi, quruvchilar va kadrlar taʼminoti kabi barcha masalalarni chuqur tahlil qilgan edi. 

Bugungi kunda 135 gektardan ziyod maydonda qurilish ishlari olib borilmoqda. Temir-beton poydevorlar qoʻyilib, estakadalar koʻtarilgan. Ulkan avtokranlar oʻrnatilib, murakkab uskunalarni yigʻish boshlab yuborilgan.

“Davlatimiz rahbari mutaxassislar, texnika va resurslardan maksimal foydalanib, qurilish-montaj jarayonlarini oqilona muvofiqlashtirib, zavodni ishga tushirishni tezlashtirish, mahsulot ishlab chiqarishni bir kun boʻlsayam ertaroq yoʻlga qoʻyish zarurligini taʼkidladi. Zavodni foydalanishga topshirish muddatini qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi”, - deyilgan xabarda.

Mazkur katta loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard dollari. Uning amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,6 milliard kub metr gaz chuqur qayta ishlanib, YEVRO-5 standartlariga javob beradigan 1,5 million tonna sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqariladi. Bular 311 ming tonna aviakerosin, 743 ming tonna dizel yonilgʻisi, 431 ming tonna neft, 53 ming tonna suyultirilgan gazdir.  

Asosiy mavzular