20:24 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Boʻlgʻusi hosil, garov va kredit: Markaziy bank qaror loyihasini tayyorladi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
90720

Markaziy bank tijorat banklari tomonidan boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritish haqida qaror loyihasini tayyorladi.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. Markaziy bank tomonidan tayyorlanagn “Tijorat banklari tomonidan boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” gi idoralaro qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 1 martdagi 563-son qarori (roʻyxat raqami 1337, 16.04.2004) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan boʻlgʻusi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.

Xususan, 2-band quyidagi tahrirda bayon etish:

“2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan imtiyozli kredit olgan fermer xoʻjaliklariga gʻalla yetishtirish uchun “Oʻzdonmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi don korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomasi summasining 30 foizigacha miqdorida, ushbu kredit resurslari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasi summasining 80 foizigacha miqdorida kredit berilishi mumkin.

Jamgʻarma kredit resurslari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xomashyosi yetishtiradigan fermer xoʻjaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya shartnomasi summasining 20 foizigacha miqdorida, ushbu kredit resurslari hisobidan imtiyozdi kredit olmagan fermer xoʻjaliklariga beriladigan kredit miqdori kontraktatsiya shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi.”.

10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etish:

“Bunda ushbu nizomning 5-bandida keltirilgan ekinlarni yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng koʻp miqdorini tegishli tuman hokimlari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining kengashi bilan hamkorlikda agrotexnik tadbirlar asosida paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchilar kesimida oylarga taqsimlangan kafolatlangan kredit resurslari hajmidan kedib chiqqan holda belgilash tavsiya etiladi.”.

Qaror loyihasi Moliya, Qishloq xoʻjaligi vazirliklari, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitalari va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishiladi.

Asosiy mavzular