Ukraina qandolat mahsuloti O‘zbekiston bozoriga qaytdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRossiya zapretila vvoz ukrainskoy produksii
Rossiya zapretila vvoz ukrainskoy produksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston noyabrda Ukraina yuklarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni to‘xtatgandi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekiston 17-dekabr kunidan Ukraina qandolat mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni boshladi, deb xabar qildi “Ukrkondprom” uyushmasi matbuot xizmati.

“Hozir mahsulotlar bojxona rasmiytiruvidan o‘tmoqda”, - dedi uyushma prezidenti Aleksandr Baldinyuk. 

Shu vaqtga qadar tomonlar har kuni muzokaralar olib borishgan.

Baldinyuk yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramlari oldidan ushbu muammoni tezkorlik bilan hal qilinishi juda muhim bo‘lganligini qayd etdi. Aynan shu vaqtda Ukraina qandolat mahsulotlarini eng ko‘p eksport qiladi.

Noyabr oyida respublika Ukraina yuklarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni to‘xtatgandi.

Ko‘pchilik buni Ukraina tomonidan O‘zbekiston yengil avtomashinalarini importi bo‘yicha boshlangan tekshiruv bilan bog‘liq deb o‘ylashgan. Keyinchalik bu tekshiruv to‘xtatilganligi haqida ma’lum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0