09:04 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard

MB oʻzbekistonliklarning soliq boʻyicha qarzlarini plastikdan undirishga qarshi chiqdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Iqtisod
Havola olish
30710

Markaziy bank, taklif etilayotgan oʻzgartirishlarga bank siri va bank tizimiga boʻlgan toʻlaqonli ishonchni saqlab qolish zarurligiga alohida eʼtibor qaratadi.

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. Markaziy bank soliq boʻyicha qarzlarni soʻzsiz plastikdan undirishga oid rasmiy bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Eslatib oʻtamiz, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida "Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan soʻzsiz undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qaror loyihasi joylashtirilgan edi.

Markaziy bank bu loyiha boʻyicha oʻz eʼtirozlarini bildirgan edi.

"Bugungi kunda, jismoniy shaxslardan soliq qarzdorligini ularning bank kartalaridan soʻzsiz undirish tartibi boʻyicha qonuniy va shaffof mexanizm mavjud emasligi sababli, Markaziy bank qayd etilgan hujjat loyihasini qonun hujjatlariga, xususan Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiqligini taʼminlash lozim deb hisoblaydi", - deyiladi rasmiy bayonotda.

MB rasmiy izohiga koʻra, "qanday ezgu maqsad koʻzlangan boʻlishidan qatʼi nazar, idoraviy manfaatlar boshqa tarmoqlar yoki butun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy taʼsir yetkazmasligi zarur".

Markaziy bank, oʻz navbatida, taklif etilayotgan oʻzgartirishlarga bank siri va bank tizimiga boʻlgan toʻlaqonli ishonchni saqlab qolish zarurligiga alohida eʼtibor qaratgan.

Asosiy mavzular