15:07 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishi sanasi eʼlon qilindi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
736 0 0

Qimmatli qogʻozlar bir million soʻmlik nominal qiymatida 6 oylik, 1 yillik hamda 3 yillik muddatlar uchun muomalaga chiqariladi.

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. 2018 yilning 26 – 28 dekabr kunlari Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda davlat qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini qayta yoʻlga qoʻyadi, deb xabar berdi Markaziy bank matbuot-xizmati.

Qimmatli qogʻozlar bir million soʻmlik nominal qiymatida 6 oylik, 1 yillik hamda 3 yillik muddatlar uchun muomalaga chiqariladi.

Xabarda aytilishicha, davlat qimmat qogʻozlari Oʻzbekiston Hukumati tasarrufida boʻlgan barcha aktivlar bilan taʼminlangan va Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan tijorat banklari va yuridik shaxslar oʻrtasida joylashtiriladi.

DQQlar boʻyicha foiz toʻlovlari Moliya vazirligi tomonidan, muomalaga chiqarish shartlariga muvofiq, ularning toʻliq amal qilish muddatlari davomida amalga oshiriladi.

DQQ boʻyicha foizli daromadlar daromad soligʻidan ozod etilgan.

DQQlar soʻndirilayotgan vaqtida ularning nominal qiymatini hamda mazkur qimmatli qogʻozlarga egalik qilishning butun muddati davomida hisoblangan foizli daromadlarini olish huquqini beradi.

Muddati bir yilgacha boʻlgan DQQlar nol kupon stavkasi, yaʼni diskont bilan hamda muddati bir yildan yuqori boʻlgan DQQlar uchun kupon foiz stavkasi bilan muomalaga chiqariladi (DQQlarning daromadliligini hisoblash usuli OʻzRVBning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi).  Bunda, DQQlarning daromadliligi talab va taklif asosida shakllangan moliya bozori konʼyunkturasidan kelib chiqib aniqlanadi.

DQQlarning birlamchi joylashtirish Moliya vazirligi topshirigʻi bilan Markaziy bank tomonidan auktsion oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi aʼzosi va moliyaviy vositachilik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega tijorat banklari yoki boshqa yuridik shaxslar DQQ bilan bitimlar tuzishda diler boʻlishlari mumkin.

Auktsion oʻtkazish, qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish parametrlari va shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bank tomonidan auktsion oʻtkazishdan kamida 7 kun oldin maʼlum qilinadi.

DQQ savdo yakunlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bank va Oʻzbekiston valyuta birjasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib boriladi.

Asosiy mavzular