20:25 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Zamestitel predsedatelya GTK Anvar Asomov

Asomov tadbirkorlar, xavfni boshqarish va imtiyozlar haqida

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Iqtisod
Havola olish
89820

Bojxona organlarida sentyabr oyida xavfni boshqarish tizimi sinovga topshirilib, bu yil 1 dekabrdan toʻliq amaliyotga kiritildi.

TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Kuni kecha boʻlib oʻtgan Xalqaro Press-klub yigʻilishida bojxona organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Anvar Asomov maʼlumot berdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

“2018 yil davlat bojxona organlari uchun islohotlar yili boʻldi. Juda muhim prezident qaror va farmonlari qabul qilindi. Davlat bojxona xodimlari shtat birliklari qaytadan tasdiqlandi. Hech qachon tarixda boʻlmagan - bojxonachilar bayrami eʼlon qilindi. Bayroq, farqlash belgisiga ega boʻldik”, - dedi rais oʻrinbosari.

Yangi qarorlar TIF qatnashchilariga nima berdi?

Bojxona qoʻmitasi rais oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, tadbirkor tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqartirildi.

“Tadbirkorlarning bojxona organlari xodimlariga murojaat qilishi, yaʼni toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilinishi oldini olish maqsadida 43 ta axborot dasturlari amaliyotga joriy etildi. Ulardan 12 tasi interaktiv xizmat tizimida ishlab kelmoqda. Bugungi kunda 100 foiz elektron bojxona rasmiylashtiruviga oʻtkazdik”, - deb taʼkidladi Asomov.

Shuningdek, 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlar bojxona rasmiylashtiruvini nafaqat deklarantlar orqali balki oʻzlari ham bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega boʻldi. Bu yanada sarf-harajatlar, tovarlar tannarxi tushishining omillardan biri.

Xavfni boshqarish tizimi

Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona qoʻmitasi rais oʻrinbosari maʼlumotiga koʻra, bojxona organlarida sentyabr oyida xavfni boshqarish tizimi sinovga topshirilib, bu yil 1 dekabrdan toʻliq amaliyotga kiritildi.

“Bojxona koʻrigidan oʻtkazishni faqat elektron tizim boshqaradi. Bojxona inspektori rasmiylashtiruv jarayonida qaysi yukni, qaysi korxona egasi yukini rasmiylashtirishni oldindan bilmaydi. Xavfni boshqarish tizimi xavf profillarini ajratishga, yaʼni har bir korxona bilan manzilli ishlashga yoʻl ochib beradi”, - dedi bojxona qoʻmitasi vakili.

Imtiyozlar

Bojxona qoʻmitasi rais oʻrinbosari tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar xususida ham toʻxtalib oʻtdi.

“Bojxona organlari davlat byudjetiga 10 trillion soʻmdan oshiq bojxona toʻlovlari undirildi. Lekin bu berilgan imtiyozlar bilan solishtirilganda 41 trillion soʻm imtiyoz berildi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish rivojlanayotganligi, ishlab chiqaruvchilari qoʻllab-quvvatlash, mahalliy eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga moʻljallangan xomashyolarni olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinmoqda”, - deb qoʻshimcha qildi Anvar Asomov.  

2019-2021 yillar davomida respublikada zamonaviy logistika terminallarini qurish, qoʻshni davlatlar bilan aholi oʻtkazish punktlarini kengaytirish, TIF qatnashchilarining transport vositalarida oʻtkazilayotgan yuklarni tez va sifatli yetib kelishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro Press-klub tashabbusi bilan ilk marotaba Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari bir vaqtda, bitta safda qoʻshma matbuot-anjumanida ishtirok etishdi.

Asosiy mavzular