12:50 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Rыba na forelevodcheskom zavode

Tabiiy suv havzalarini baliqlantirish meʼyorlari belgilandi

© Sputnik / Mixail Mordasov
Iqtisod
Havola olish
177 0 0

Hujjat bilan tabiiy suv havzalarini baliqlantirish meʼyorlari va texnologiyasi belgilandi.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik.  Tabiiy suv havzalari mahsuldorligini oshirishda baliqlantirish meʼyorlari va texnologiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 

Mazkur hujjat bilan tabiiy suv havzalarini baliqlantirish meʼyorlari va texnologiyasi belgilandi.

Unga koʻra, tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirish boshlangan vaqtdan keyin 3 yil davomida har yili 1 gektar suv havzasi kamida 50 dona oʻsimlikxoʻr baliqlarning chavoqlari bilan baliqlantirilishi lozim.

Bunda oʻsimlikxoʻr baliqlar chavoqlarining ogʻirligi 20 grammdan kam boʻlmasligi kerak.

Tabiiy suv havzalarining qirgʻoqlarida baliq chavoqlarini yetishtirish uchun chavoq hovuzlari tashkil etilishi mumkin. Bunda har bir chavoq hovuzlarining maydoni yarim gektardan koʻp boʻlmasligi lozim.

Shuningdek, tabiiy suv havzasining tegishli hududida meliorativ ishlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining tegishli mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi.

Maxsus transport vositasida tabiiy suv havzasiga olib kelingan baliq chavoqlarini tabiiy suv havzasiga tashlashdan oldin maxsus transport vositasidagi suvning harorati va tabiiy suv havzasi suvining harorati oʻlchanishi zarur.

Tabiiy suv havzasi suvining harorati maxsus transport vositasidagi suvning haroratidan 5 S farq qilgan taqdirda maxsus transport vositasidagi suvning harorati tabiiy suv havzasi suvining haroratiga tenglashtirilishi lozim.

Asosiy mavzular