12:18 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Urojay xlopchatnika

Oʻzbekistonda 2019 yilda qancha maydonga paxta ekilishi maʼlum boʻldi

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9080992
Iqtisod
Havola olish
77710

Hokimliklar va tegishli masʼul tashkilotlarga 2019 yilda paxtadan qisqartirilgan yer maydonlariga paxtani qayta joylashtirmaslik boʻyicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

TOSHKENT, 25 dek – Sputnik. 2019 yilda gʻoʻzani navlari boʻyicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

 Qaror koʻra 2019 yilda 1 mln. gektardan oshiq yer maydoniga paxta ekish rejalashtirilgan.

Hokimliklar va tegishli masʼul tashkilotlarga 2019 yilda paxtadan qisqartirilgan yer maydonlariga paxtani qayta joylashtirmaslik boʻyicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

2019 yil hosilidan yetishtiriladigan oʻrta tolali gʻoʻzaning 2-sanoat navi 1-klass paxta xomashyosining har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining oʻrtacha narxi 4 000 000 soʻm etib belgilandi.

Andijon viloyatida 2019 yilda paxta hosili uchun 50 ming gektar maydonda plyonka ostiga chigit ekiladi.

2019 yil paxta hosili uchun ekishga moʻljallangan urugʻlik chigit “Oʻzpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyati yoki paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotlari tizimi doirasida realizatsiya qilinganda yoki fermer xoʻjaliklariga sotilganda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.  

Paxta - toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ekilishi belgilangan gʻoʻza navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi berildi.

Asosiy mavzular