12:22 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Denejnыe kupyurы Uzbekistana

Oʻzbekistonda daromad soligʻining yangi stavkalari tasdiqlandi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Iqtisod
Havola olish
622 0 0

2019 yil 1 yanvardan jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi.

TOSHKENT, 25 dek – Sputnik. Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan:

- jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi.

 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

- yuridik shaxslar – 12 foiz;

- tijorat banklari – 20 foiz;

- tsement (klinker) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;

- polietilen granulalar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;

- mobil aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;

- dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga 5 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi.

Eslatib oʻtamiz, ilgarigi tartib boʻyicha jismoniy shaxslarning daromadiga quyidagicha soliq solingan:

- daromadning eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha boʻlgan qismiga – 0 foiz;

- daromadning eng kam oylik ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha qismiga – 7,5 foiz;

- eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha qismiga – 16,5 foiz;

- daromadning eng kam oylik ish haqining oʻn baravari va undan koʻp qismiga – 22,5 foiz.

Asosiy mavzular