16:42 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Uzbekskaya valyuta - sum

Oʻzbekiston soliqqa tortish reytingi boʻyicha nechanchi oʻrinda?

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
415 0 0

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari orasida Ozarbayjon - 28, Rossiya – 53, Qozogʻiston - 56, Armaniston - 82, Tojikiston - 136, Qirgʻiziston esa 150 oʻrinni band etgan.

TOSHKENT, 25 dek – Sputnik. Oʻzbekiston PwC va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilgan “Paying Taxes 2019” tadqiqotlari natijalariga koʻra (2019 yil soliqqa tortish reytingi) 64-oʻrinni egalladi. Mazkur maʼlumotlar PwC va Jahon bankining yillik hisobotida keltirilgan.

Keltirilgan tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda umumiy soliq stavkasi 32,1% tashkil etadi, bu esa kompaniya daromadida soliq, kirim va toʻlovlarining solishtirma hajmi sanaladi. Agar ushbu koʻrsatkichni boshqa yurisdiktsiyalar bilan solishtirsa, ular Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari boʻyicha oʻrtadan past sanaladi (32,8%), shuningdek Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlari koʻrsatkichidan ham past sanaladi (40,2%).

Soliq qonunchiligiga muvofiqlik uchun yillik vaqt hajmi nisbatida Oʻzbekiston koʻrsatkichi (181 soatni) tashkil qilib, u Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlariga yon bosadi (162 soat), ammo shu bilan birga aksariyat Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini ortda qoldiradi (hudud boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 220 soat).

Yana bir taqqoslama koʻrsatkich bu yillik soliq toʻlovi boʻlib, ushbu koʻrsatkich Oʻzbekiston uchun 10 ta toʻlovni tashkil qiladi. Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun ushbu koʻrsatkich 16 ta toʻlovni, Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlari uchun — 11 ta toʻlov. Oʻrtacha jahon koʻrsatkichi yillik 24 ta toʻlovni tashkil qiladi.

Tadqiqotga koʻra, dunyoning 163 mamlakati QQS (qoʻshimcha qiymat soligʻi) tizimini qoʻllaydi. QQSni qaytarish boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkich Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, bu esa ularni Markaziy Amerika, Oʻrta Sharq va Osiyo-Tinch-okeani hududlaridan ajratib turadi.

Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari yetakchi uchtaligiga Serbiya — 91,1, Moldova — 90,8 va Ukraina — 86 kirgan bir vaqtda, Oʻzbekiston koʻrsatkichi 100 dan 48,2 tashkil qiladi.

Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari orasida Ozarbayjon - 28, Rossiya – 53, Qozogʻiston 56, Armaniston - 82, Tojikiston - 136, Qirgʻiziston esa 150 oʻrinni band etgan.

Asosiy mavzular