03:36 11 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Direktor Tsentra izucheniya mirovыx energeticheskix rыnkov VSHE Vyacheslav Kulagin

Oʻzbekistonda benzin narxi pasayishi shartlari haqida ekspert fikri

© Foto : Iz lichnogo arxiva Vyacheslava Kulagina
Iqtisod
Havola olish
802 0 0

Oʻzlari neft qazib oluvchi davlatlarning narxni past darajada ushlab turish uchun muayyan imkoniyatlari bor, deydi ekspert.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. "Oʻzbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Bahrom Ashrafxonov Oʻzbekistonda benzin narxi sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqaruvchi "Uzbekistan GTL" zavodi ishga tushgandan keyin pasayadi, deya xabar qilgandi.

Muammoni bir-ikkita yangi zavodlar yordamida yechib boʻlmasligi haqida Iqtisod oliy maktabi Jahon energetik bozorlarini oʻrganish markazi direktori Vyacheslav Kulagin oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

Neft sohasi modernizatsiya qilinishi va  bozor talablariga binoan yashashi kerak, deb hisoblaydi Vyacheslav Kulagin. Benzin narxiga jahon narxlarining yoqilgʻiga nisbatan oʻzgarib turishi baribir taʼsir qilaveradi.

"Oʻzlari neft qazib oluvchi davlatlarning narxni past darajada ushlab turish uchun muayyan imkoniyatlari bor. Lekin maʼlumki, bu aslida davlat byudjeti, biror bir daromaddan voz kechish hisobiga amalga oshiriladi. Bu esa Oʻzbekistonning soliq, tartibga soluvchi siyosatiga bogʻliq boʻladi", - dedi ekspert.

Vyacheslav Kulaginning toʻliq fikrlarini quyida rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

Asosiy mavzular