23:11 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Uzbekskaya valyuta - sum

Oʻzbekistonda yagona soliq toʻlov stavkalari tasdiqlandi

REUTERS / Mukhammadsharif Mamatkulov
Iqtisod
Havola olish
812 0 0

Yagona soliq toʻlovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilandi.

TOSHKENT, 28 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq yagona soliq toʻlovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilandi.

Bundan tashqari sohalar boʻyicha yagona soliq toʻlovi stavkalari quyida keltirilgan:

- bojxona brokerlari – 5%;

- lombardlar – 25%;

- kontsert-tomosha koʻrsatishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar – 5 %.

 Umumiy ovqatlanish korxonalari joylashgan joyiga qarab:

- aholisi 100 ming kishidan koʻp shaharlarda – 8%;

- boshqa aholi punktlarida – 6%;

- borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarda – 4%;

- taʼlim muassasalarida xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari – joylashgan joyiga qarab belgilagangan stavkaning 75 % miqdorida.

Chakana savdo sohasida soliq toʻlovchilar joylashgan joyiga qarab:

- aholisi 100 ming kishidan koʻp shaharlarda – 4%;

- boshqa aholi punktlarida – 2%;

- borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarda – 1%;

- alkogol, tamaki, benzin, dizel yoqilgʻisi, siqilgan va suyultirilgan gaz realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchi shaxslar – 4 %;

- ulgurji savdo korxonalari – 4%.

Dorixonalar joylashgan joyiga qarab:

- aholisi 100 ming kishidan koʻp shaharlarda – 3%;

- boshqa aholi punktlarida – 2%;

- borish qiyin boʻlgan va togʻli hududlarda – 1%.

Asosiy mavzular