22:17 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Polya gotovыe k kapelnomu orosheniyu

Paxta, tomchilatib sugʻorish va subsidiya: prezident yangi qarori

© Sputnik / Yuriy Lashov
Iqtisod
Havola olish
61010

Byudjet mablagʻidan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun har bir gektar yerga 8 mln soʻm subsidiya beriladi.

TOSHKENT, 28 dek – Sputnik. Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan gʻoʻza yetishtirishda tomchilatib sugʻorish tizimini kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Tomchilatib sugʻorishni joriy qilganlar hamda ushbu tizimni ishlab chiqaruvchilarni quyidagicha qoʻllab-quvvatlash belgilandi:

- byudjet mablagʻidan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun har bir gektar yerga 8 mln soʻm subsidiya beriladi;

- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan tomchilatib sugʻorish tizimlarini qurish, taʼmirlash uchun ajratiladigan kredit boʻyicha foizlar banklar tomonidan belgilangan foiz stavkasidan bir gektarga 20 mln soʻmdan oshmaydigan qismining 10 foizli punkti miqdorida qoplanadi;

- import shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish talabi tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha tuziladigan import shartnomalariga qoʻllanilmaydi;

- tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish uchun zarur boʻlgan butlovchi qismlar va xom ashyo 2021 yil 1 yanvargacha bojxona bojini toʻlashdan ozod etiladi.

Qarorga muvofiq, Hukumatning suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlari tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan 2019-2020 yillarda paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

“Yoʻl xaritasi” doirasida suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllagan holda paxta xom ashyosini ishlab chiqarishda foydalaniladigan suvda eruvchan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi.

2019 yil 1 noyabrgacha tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etishdagi ragʻbatlantirishlarni ekinlarning boshqa turlariga ham tatbiq etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular