23:35 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Proizvodstvo xolodilnikov

Oʻzbekiston elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga doir qaror qabul qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Iqtisod
Havola olish
189 0 0

Oʻzbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi.

TOSHKENT, 5 yanv  — Sputnik. Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq:

“Oʻzeltexsanoat” AK negizida Oʻzbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi;

“Oʻzeltexsanoat” AKga tegishli xoʻjalik jamiyatlarining koʻchmas mulki va ustav kapitalidagi aktsiyalar paketi (ulushi) Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga oʻtkazildi.

Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yuqori texnologik ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun investitsiyalar, birinchi navbatda, chet el investitsiyalarini keng jalb qilishga koʻmaklashish, sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qoʻshma ishlab chiqarishni tashkil etish “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Sklad slojnoy bыtovoy texniki
© Sputnik / Igor Zarembo

Shuningdek, qaror bilan  “Sino” AJ davlat aktsiyalari paketini investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymati boʻyicha korxonaning kreditorlar oldidagi qarzini toʻlash bilan bir vaqtda korxonaning faoliyatini sogʻlomlashtirish uchun investitsiyalar kiritish sharti bilan topshirilishi belgilandi.

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2022 yilning 1 yanvariga qadar oʻzining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar, shuningdek, ular tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida olib kelinadigan qurilish materiallari importida bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni 120 kunga kechiktirish imkoniyati berildi.

Qarorga koʻra, 2022 yilning 1 yanvariga qadar:

- “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi mol-mulk soligʻi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;

- shartnomalar boʻyicha tashkilotlarning “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazadan chiqariladi.

Bundan tashqari, Elektrotexnika sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanishi belgilandi. Yoʻl xaritada quyidagilar nazarda tutiladi:

- amaldagi elektrotexnika korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha 153,8 million dollar miqdoridagi 22 ta investitsiya loyihalarini 2019-2021 yillarda amalga oshirish;

- 2021 yilga yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini 2 baravarga oshirish;

- 2021 yilda tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarning eksport hajmini 400 million dollar miqdoriga erishish;

- loyiha qiymati 500 million dollar boʻlgan istiqbolli innovatsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb etish.

Asosiy mavzular