23:32 22 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
Schetchik vodы

Kommunal xizmat qarzlarini roʻyxatga qoʻyilgan har bir kishidan undirib olish mumkin boʻladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
299 0 0

Ilgari kommunal xizmat boʻyicha qarzlarni faqat uy egasidan undirib olish mumkin edi.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Endilikda kommunal xizmati uchun qarzlarni uy-joy manzili boʻyicha doimiy propiska qilingan voyaga yetgan barcha jismoniy shaxslardan undirib olish mumkin boʻladi. Bu Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonunda keltirib oʻtilgan.

“Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga binoan Uy-joy kodeksining 133-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritiladi.

“Uy-joy obʼyektining manzili boʻyicha doimiy propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, suv taʼminoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari koʻrsatilganligi uchun haq toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzasidan qonun hujjatlariga va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar boʻladi”, - deyilgan xabarda.

Ilgari sud orqali toʻlovni faqat uy egasidan undirib olish mumkin edi.  Endilikda Majburiy ijro byurosi sud qarori boʻyicha mazkur kommunal xizmatlaridagi qarzlarni uyda doimiy propiska qilingan barcha shaxslardan undirib olishlari mumkin. Bir hisobdan yechib olingan toʻlov EKOIHning ikki baravaridan oshmasligi kerak.

Asosiy mavzular