O‘zbekistonda mustaqil antimonopoliya qo‘mitasi tashkil etiladi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tashkil topayotgan tuzilmalar 2019-yil 1-aprel sanasiga qadar iqtisodiyot sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini cheklovchi qonunchilik normalaridan voz kechish bo‘yicha takliflarni kiritishi lozim

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. O‘zbekiston hukumati davlat raqobat qo‘mitasini bekor qilish haqidagi qarorni qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Proizvodstvo xolodilnikov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir monopoliya paydo bo‘lmoqda

Shu munosabat bilan Davlat dasturi-2019 loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda mustaqil davlat antimonopol organini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, davlat antimonopol organiga raqobatni rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini nazorat qilish, iste’molchilar huquqini himoya qilish va reklama bozori sohasini tartibga solish funksiyalarini beriladi.

Ushbu idora bir nechta bo‘limlarga bo‘linib, antimonopol qo‘mita alohida tuzilma sifatida ajratiladi.

Yangi tashkil topayotgan tuzilmalar 2019-yil 1-aprel sanasiga qadar iqtisodiyot sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini cheklovchi qonunchilik normalaridan voz kechish bo‘yicha takliflarni kiritishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0