05:59 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Zarubejnыe stranы. Germaniya. Berlin

Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi oldidan oʻzbek-nemis biznes forumi oʻtkaziladi

© Sputnik / Igor Zarembo
Iqtisod
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)
233 0 0

Oʻzbekiston va Germaniya elektrotexnika tovarlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, logistika, mehnat migratsiyasi va taʼlim sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilinadi.

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi arafasida Berlinda oʻzbek-nemis biznes forumi oʻtkaziladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

14 yanvar kuni oʻtkaziladigan tadbirda nemis kompaniyalari va GFR bank-moliya institutlari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi. Forum Oʻzbekiston investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ishbilarmonlar tadbirida Bosh vazir oʻrinbosari, investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi Suxrob Xolmurodov ishtirok etadi.

Germaniyaning 250ga yaqin yetakchi kompaniyalari, xususan, «ThyssenKrupp», «MAN», «Knauf», «Linde», «Takraf», «Deutsche Bahn», «Siemens», «CLAAS», «Deutsche Lufthansa» va xalqaro moliya institutlari ushbu biznes forumda ishtiroki koʻzda tutilgan.

Forum doirasida davlatlar oʻrtasidagi ikkiyoqlama hamkorlik, Oʻzbekiston investitsiya bozori rivoji va istiqbollarini muhokama qilish koʻzda tutilgan. Tadbirning alohida sessiyasi sanoat sektorini rivojlantirish va oʻzaro savdoni mustahkamlash masalalariga bagʻishlanadi.

Oʻzbekiston tomonidan 30 nafar ishbilarmonlar ishtiroki rejalashtirilgan. Tadbir yakunida "G2B" va "B2B" formatida uchrashuvlar oʻtkaziladi va bunda togʻ sanoati va sanoat uskunalari, tibbiyot, elektrotexnika tovarlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, logistika, mehnat migratsiyasi va taʼlim sohalarida hamkorlik masalalari muhokama etiladi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)

Asosiy mavzular