19:46 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Mujchina zakrыvayet portfel

Yangi tashkil etilgan vazirlikka rahbariyat tayinlandi

Sputnik / Dmitriy Astaxov
Iqtisod
Havola olish
369 0 0

Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi.

TOSHKENT, 12 yanv  — Sputnik. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbariyati tasdiqlandi.

Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi.

Xususiy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “xufyona” iqtisodiyotni qisqartirish vazirlikning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Botir Xoʻjayev Iqtisodiyot vaziri lavozimidan ozod etildi va yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi. 

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentining mudiri sifatida faoliyat koʻrsatib koʻrsatayotgan Ravshan Gʻulomov vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tashqi savdo vaziri oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan Sohib Ismoilovich Saifnazarov Iqtisodiyot vazirligi oʻrnida qayta tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi. 

Shuningdek, Umidjon Salimov Iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi. Salimov shu kungacha “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing boʻyicha oʻrinbosari oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettirayotgandi.

Asosiy mavzular