13:34 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
161 0 0

Oʻzbekiston hukumati dunyoning nufuzli mehmonxona brendlari Oʻzbekistonga kirib kelishiga oʻz hissasini qoʻshadi.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston hukumati, turizmni yanada rivojlantirish maqsadida, dunyoning nufuzli brendlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun moliyaviy hissasini qoʻshadi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev tomonidan 5 yanvar kuni imzolangan 4095-sonli qarorda aytib oʻtilgan.

Qarorda aytilishiga koʻra, Hukumat tadbirkorlarga franchayzing shartnomalari tuzilganidan soʻng 3 yil davomida moliyaviy yordam koʻrsatadi.

Moliyaviy yordamning umumiy miqdori 10 million dollar miqdorida belgilangan. Muayyan yordam miqdori u  mehmonxona turiga va xonalar soniga bogʻliq boʻladi:

dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;

dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida.

Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi xabarda aytilishiga koʻra dunyodagi mehmonxonalar reytingiga koʻra 50 ta brend “hamkorlik qilishga loyiq” deb topilgan.

Ular orasida Hilton, Marriott, HYATT, Sheraton, Holiday Inn, Renaissance Hotels, Novotel, The Ritz Carlton, InterContinental, Le Meridien, Radisson kabi brendlar bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mazkur yoʻnalishda barcha zarur amaliy yordam koʻrsatishga tayyorligini maʼlum qiladi, - deyilgan xabar soʻngida.

Asosiy mavzular