14:06 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Moliya vazirligi byudjet tashkilotlarda kamomad va noqonuniy xarajatlarni aniqladi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
29310

Byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 91 nafar rahbar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. 2018 yilning 4-choragida byudjet tashkilotlarida jami 1 969 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston Moliya vazirligi xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 717 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablagʻlar 29 mlrd.soʻmni, shundan kamomad va oʻzlashtirishlar 6 mlrd.soʻmni, noqonuniy xarajatlar 23 mlrd.soʻmni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini oʻtkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan koʻrsatmalarga asosan aniqlangan 18,5 mlrd.soʻm miqdoridagi notoʻgʻri sarflangan mablagʻlarni belgilangan tartibda tiklanishi taʼminlandi hamda 871 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 91 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 59,8 mln.soʻm miqdorida maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Asosiy mavzular