18:12 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Pogruzka konteynera na jeleznodorojnыy sostav

Oʻzbekiston temir yoʻllari Qirgʻiziston yuklariga chegirma berdi

© AFP 2018 / SAM PANTHAKY
Iqtisod
Havola olish
122 0 0

Qirgʻiziston yuklari 2019 yil davomida Oʻzbekiston hududi orqali 30-40 % chegirma bilan olib oʻtiladi.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. “Oʻzbekiston temir yullari” AJ Qirgʻiziston Temir yoʻllariga 30%li chegirma beradi, deb xabar qilmoqda “Kыrgыz temir jolu” davlat korxonasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, “Oʻzbekiston temir yullari” AJ va “Kыrgыz temir jolu” orasida 2018 yilning 24 dekabrida imzolangan shartnomaga koʻra, Qirgʻiziston temir yoʻlining Janubiy stantsiyalari orqali Oʻzbekiston hududi boʻyolab olib oʻtilayotgan barcha tranzit yuklar uchun 30 %li  chegirma beriladi.

Shuningdek, 2019 yil davomida quyidagi chegirmalar ham belgilangan:

- 35% Xodjadavlet - davlatlararo xalqaro punkti orqali oʻtayotgan yuklar uchun

- 40% Karakalpakstan - davlatlararo xalqaro punkti orqali oʻtayotgan yuklar uchun

Undan tashqari, 2019 fraxt yili davomida 200 ming tonna neft mahsulotlari, 60 ming tonna yogʻoch va 35 ming tonna yanchilgan mahsulotlar olib oʻtishda, yoʻl haqi tariflari 35 %li chegirma bilan hisoblanadi.

Asosiy mavzular