22:52 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Na rыnkax Tashkenta zarabotali bankomatы dlya vыdachi nalichnыx

Bankomatlar orqali naqd pul yechib olish hajmi 50 baravar oshdi

uz24.uz
Iqtisod
Havola olish
465 0 0

Oʻzbekistonda oʻtgan yil davomida bank kartalaridan naqd pul yechib olish hajmi 4 baravar, shundan aynan bankomatlar orqali yechib olish 50 baravar oshgan.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Oʻtgan 2018 yilda bank kartalaridan yechib olinayotgan naqd pul hajmi 4 baravar oshdi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Markaziy bank hisobotida keltirilishiga koʻra, 2018 yilda bank kartalaridan yechilgan jami pullar hajmi 2017 yilga nisbatan 4 barobarga oshib, 12,29 trln. soʻmni tashkil etgan.

Aynan bankomatlar orqali yechib olingan pullar hajmida toʻxtaladigan boʻlsak, 2017 yilda faqat 98 milliard soʻm bankomatlar orqali yechib olingan edi. 2018 yilda esa bankomatlar orqali – 4,9 trillion soʻm olingan. Bu 50 baravar koʻp degani.

Aytish joizki oʻtgan yil davomida respublikada plastik kartalar orqali hisob-kitob qilish va bankomatlar oʻrnatish jarayoni jadal olib borildi.

2018 yilda bank kartalaridan yechilgan pullar
Markaziy Bank
2018 yilda bank kartalaridan yechilgan pullar

MB hisobotiga koʻra, bugungi kunda muomalada boʻlgan plastik kartalar soni boʻyicha quyidagi banklar yetakchilik qilmoqda: Xalq banki -3,4 mln, “Agrobank”– 2,4 mln, Milliy bank – 2 mln, Asaka bank – 1,8 mln va Ipoteka bank – 1,4 mln dona.

Bankomat va infokiosklar soni boʻyicha yetakchi banklar esa quyidagilar: Kapital bank – 2650 ta, Agrobank – 617 ta, Hamkorbank – 605ta, InvestFinans bank – 521ta va  Milliy bank – 439ta.

Asosiy mavzular