Vladimir viloyatida O‘zbekiston tovarlari uchun logistika markazi quriladi

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Vladimir viloyati gubernatori bilan markaz qurilishi borasida kelishib olgan, ayni vaqtda tomonlar zarur hujjatlarni tayyorlashmoqda

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Vladimir viloyatida o‘zbek tovarlari eksporti uchun logistika markazi bunyod etiladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi.

Prezidenti Uzbekistana i RF ob ekonomicheskix itogax peregovorov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Putin o‘zaro iqtisodiy hamkorlik haqida nimalarni aytishdi

Markaz qurilishi borasida O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov Vladimir viloyatiga safarida viloyat gubernatori bilan kelishib olgan.

"Ikki davlat hududlarida meva-sabzavot mahsulotlarini O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib berish uchun ulgurji-taqsimlash markazlarini ta’sis etish taklifi ilgari surilgan",- deb xabar qiladi elchixona.

Markaz qurilishi vaqtinchalik harajatlarni sezilarli kamaytirish va o‘zaro savdo hajmlarini oshirish imkonini beradi. Ayni vaqtda zarur hujjatlarni tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan.

Elchixona xabariga ko‘ra, Vladimir viloyatining O‘zbekiston bilan tovar aylanmasi 2018-yilning 10 oyida 24,1 mln dollarni tashkil qilgan. O‘zbekiston korxonalari Vladimir viloyatiga zamonaviy yengil avtomobillar, tekstil va charm-poyabzal mahsulotlarini, elektrika va mexanik uskunalar, xo‘jalik mollari va boshqa tovarlar eksportini kengaytirishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0