14:15 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Sborka avtomobiley na konveyere svarochnogo tsexa

Qozogʻiston oʻz avtomobil markasini yaratishga kirishdi

© Sputnik / Oleg Zoloto
Iqtisod
Havola olish
974 0 0

Qozogʻiston milliy avtomobil brendini Xitoyning Jac korporatsiyasi bilan birgalikdya yaratishi mumkin.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Qozogʻiston oʻz avtomobil brendini yaratish yoʻlida dastlabki ishlarni boshlab yubordi, deb xabar qildi Qozogʻiston Avtomobil biznesi assotsiatsiyasi  raisi Andrey Lavrentyev  Kazinform nashriga.

“Bu, Oʻzbekistonning Uz-Daewoo yoki Rossiyaning  Lada avtomobillari kabi, Qozogʻistonning oʻz avtomobil markasi boʻladi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar qachon tugatilishini ayta olmayman, lekin Hukumat aniq maqsadni oldimizga qoʻydi. Asosiysi – sarmoyadorlar ham ushbu loyihaga qiziqish uygʻotmoqda. Yaqin kelajakda hamyurtlarimizni yaxshi yangilik bilan xursand qilsak ajab emas”, - dedi  Lavrentyev matbuot anjumanida.

Lavrentyev aytishiga qaragandan, Qozogʻiston milliy avtomobili Xitoyning Jac korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi ham mumkin. Kompaniya ushbu loyihani oʻz mablagʻidan moliyalashtirishga ham tayyor.

Qozogʻiston avtomoblining nomi va uning qachon bozorga chiqishi ham hozircha maʼlum emas.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Qozogʻistonda Lada, Kia, Hyundai, Skoda, Chevrolet va Iveco nomli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda, lekin oʻz avtomobil brendi Qozogʻistonda hech qachon boʻlmagan.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yil Qozogʻistonda 60 ming dona yangi avtomobil sotilgan. Ulardan yarmi – Respublika ichida ishlab chiqarilgan avtomobillar. 2017 yilga nisbatan avtomobil savdosi hajmi 24 %ga oʻsgan.

Asosiy mavzular