14:31 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Rabota Novouralskogo zavoda Medsintez

Oʻzbekistonda rotavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqariladi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Iqtisod
Havola olish
343 0 0

Hindiston kompaniyasi Oʻzbekistonda rotavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi.

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abduraxmonov hamda Hindistonning Bharat Biotech International kompaniyasi rahbari Venkatraman Sivaramakrishnan bilan Oʻzbekiston talablariga javob beradigan vaktsina ishlab chiqarish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

Dastlabki bosqichda kompaniya Oʻzbekistonga rotavirus diareyasi kasalligini oldini olish maqsadida vaktsinani bugungi kundagi narxdan 50% arzon narxda yetkazib beradi, - deyilgan xabarda.

Ikkinchi bosqichda, Bharat kompaniyasi Oʻzbekistonga ROTAVAC vaktsinasini ishlab chiqarish uchun kerak boʻladigan tayyor xom ashyo yetkazib beradi. Keyinchalik esa mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi toʻliq yetkazib beriladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining vazifasi – ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun kerak boʻladigan yer maydoni, bino, aspob-uskuna, kerakli ruxsatnomalar bilan taʼminlash hamda boshlangʻich bosqichda ishlab chiqarishni koordinatsiya qilish vazifalari kiradi.

Asosiy mavzular