Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi aksiz markalari joriy etiladi

© Sputnik / Mariya NaumenkoButilki s alkogolnoy produksiyey Vinnogo zavoda imeni Xovrenko
Butilki s alkogolnoy produksiyey Vinnogo zavoda imeni Xovrenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 1-apreldan boshlab alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga himoyaning qo‘shimcha darajalariga ega bo‘lgan yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Moliya vazirligi tomonidan “Alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorlanib, umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Set restoranov KFC - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi KFC restoranlarida alkogol ichimliklar taqiqlanadi

Qaror loyihasida 2019-yil 1-apreldan boshlab alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga dizayni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, himoyaning qo‘shimcha darajalariga ega bo‘lgan yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish nazarda tutilgan.

“Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi 2020-yil 1-yanvardan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida sotilishining oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab to‘qqiz oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.

Yangi hujjat 5-fevralgacha muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0