Uzcard kiber-jinoyatning yangi turi haqida ogohlantirdi

Obuna bo‘lish
Uzcard bank kartalari egalarini internetda paydo bo‘lgan uzcard.uz saytining qalbaki nusxalari haqida ogohlantirdi.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Uzcard bank kartalari egalarini O‘zbkistonda ilk bor paydo bo‘lgan kiber-jinoyat haqida ogohlantirdi.

“Noma’lum shaxslar tomonidan uzcard.uz rasmiy saytimizning interfeysi nusxalanib, Uzcard to‘lov tizimi nomidan WEBSUM bilan hamkorlikda aksiya takshkil etilgani ro‘yxatga olingan”, - deyilgan xabarda.

Jinoyatchilar soxta sayt orqali bank karatalari egalariga mavjud bo‘lmagan aksiyalarni va’da qilib, ularning kartalari haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan.

Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Ogoh bo‘ling, moliyaviy piramidaning yangi turi paydo bo‘ldi

“Rasmiy ravishda e’lon qilamizki, ushbu aksiya Uzcard banklararo to‘lov tizimi tomonidan tashkillashtirilmagan.  Hozirda kompaniyamiz tomonidan ushbu qalloblik hodisasi yuzasidan tergov ishlari boshlangan”, - deyilgan xabarda.

Ogoh bo‘ling!  Tekshirilmagan noma’lum internet vositalarga o‘z mablag‘laringizni ishonib topshirmang. Domenlarning nomlanishiga alohida e’tiboringizni qarating! Bizning rasmiy domenimiz uzcard.uz.

Domen nomida biron bir harfning o‘zgartirilgani uning haqiqiy emasligidan dalolat beradi. Masalan uzcard.org, uzcard.com, uzcard.info – mutlaq boshqa sahifalardir.  

Muhim xabar, eng so‘nggi yangilik va aksiyalarga tegishli tavsilotlarni faqat uzcard.uz rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0