12:20 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dozimetricheskiy kontrol drevesinы

Oʻzbekiston Tomsk viloyatidan katta hajmda yogʻoch import qildi

© Sputnik/Viktor Tolochko
Iqtisod
Havola olish
330 0 0

Tomsk viloyatidan yogʻoch eksport qilish boʻyicha Oʻzbekiston Xitoydan oʻzib ketdi.

TOSHKENT, 22 yanv – Sputnik. 2018 yil yakuniga koʻra, Rossiyaning Tomsk viloyatidan eksport qilingan yogʻoch hajmi boʻyicha Oʻzbekiston birinchi oʻringa chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Tomsk.

“Tomsk viloyatidan eksport qilingan jami yogʻoch va yogʻoch materiallarning 43% Oʻzbekistonga toʻgʻri keldi, 35 %esa – Xitoyga eksport qilingan”, - deyilgan xabarda.

“Oldin Tomsk viloyati yetishtirilgan yogʻoch materiallarining 90 %ini Xitoyga eksport qilar edi, lekin soʻnggi 3 yil davomida Oʻzbekiston sotib olish hajmini keskin oshirdi”, - deydi Rosselxoznadzor hududiy vakili Vladislav Azarenko.

Shuningdek viloyatdan Qirgʻiziston va Qozogʻistonga ham katta hajmda yogʻoch eksport qilingani qayd etildi. Rosselxoznadzor vakilining soʻzlariga koʻra, soʻnggi yillarda viloyatdan dumaloq yogʻoch olib chiqish hajmi kamayib, tayyor kesilgan yogʻoch materiallar olib chiqish hajmi oshmoqda.

Asosiy mavzular