O‘zbekistonda yana bir shakar zavodi quriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSaxarniy zavod
Saxarniy zavod  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yevropalik investor bilan hamkorlikda qiymati 110 million yevro bo‘lgan shakar zavodi quriladi.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda Belgiya bilan hamkorlikda umumiy qiymati 110 million yevro bo‘lgan shakar zavodi quriladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

V sexe rasfasovki saxara - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish kerakmi?

Yangi zavod Belgiyaning De Smet S.A. Enginners & Contractors (DSEC) kompaniyasi bilan hamkorlikda quriladi. Qurilish uchun kerak bo‘ladigan mablag‘ning 85 mln yevrosi Belgiya tomonidan 25 mln yevro esa O‘zbekiston tomonidan kiritiladi. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 500 tonnani tashkil qiladi.

Shakar zavodi qurish haqidagi kelishuv O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi D.Xakimovning DSEC kompaniyasi direktori M.deAkoz va moliya direktori J.deKlerk bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan keyin ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekstonda bir necha yil oldin ham ikki yirk shakar zavodlari qurilgan edi. Biri Xorazm viloyatida ikkinchisi – Toshkentda. Lekin keyinchalik ushbu zavodlar xom ashyo qimmatligi hamda olib kelish mushkulligi tufayli samarali ishlay olmagan edi.

Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik sarmoyador O‘zbekistonda shakar zavodi quradi

Ma’lumot uchun: shakar sanoati katta miqdorda xom ashyo talab qiladi. Chunki xom ashyodan tayyor mahsulot chiqish koefitsenti o‘rtacha 10/1. Ikkinchidan, katta miqdorda suv va issiqlik energiya manbai kerak bo‘ladi. Shuning uchun shakar sanoati dunyoning faqat bir necha mamlakatlarida samarali ishlashi mumkin.

DSEC – Yevropaning shakar, moy, bioyonilg‘i va biokimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodlarni loyihalashtirish va qurish bilan shug‘ullanadigan yirik kompaniyalaridan biridir. Kompaniya oboroti 200 mln yevro. Shu vaqtga qadar kompaniya dunyoning 30 mamlakatida 50ta yirik loyihalarni amalga oshirgan.

© SputnikShakar
O‘zbekistonda yana bir shakar zavodi quriladi - Sputnik O‘zbekiston
Shakar
Yangiliklar lentasi
0