Turkiya O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqarishni boshlaydi

© AP Photo / Massimo PincaTraktor New Holland T6, kotoriy rabotayet na metane
Traktor New Holland T6, kotoriy rabotayet na metane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya yaqin vaqtlarda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish korxonasi bo‘yicha loyiha taklifini taqdim etadi.

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Turkiyaning FSM Traktor kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabar qildi.

Sbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Paxta, g‘alla, meva-sabzavot va yangi klasterlar: hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Qo‘mita vakillari bilan FSM Traktor kompaniyasining boshqaruv raisi Erdogan Oren uchrashdi.

Tomonlar qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Investor ma’lumotiga ko‘ra, boshlang‘ich bosqichlarda 75 dan 150 ot kuchiga ega bo‘lgan traktorlarni yig‘ish sanoatini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0