Kredit, valyuta va jarimalar: MB ayrim banklarga qo‘llanilgan choralar haqida ma’lumot berdi

© Nguyen Huy KhamDollari
Dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank 2018-yil mobaynida 12 ta bankka nisbatan ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini taqiqlab qo‘yish va 28 ta bankka nisbatan jami 20,5 mlrd. so‘m miqdorida jarima undirish kabi ta’sir choralarini qo‘lladi.

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Markaziy bank 2018-yil mobaynida bank qonunchiligi talablarini buzganligi uchun 12 ta bankka nisbatan ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini taqiqlab qo‘yish va 28 ta bankka nisbatan jami 20,5 mlrd. so‘m miqdorida jarima undirish kabi ta’sir choralarini qo‘lladi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

Ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishni vaqtincha taqiqlash, dividendlar to‘lashni to‘xtatish (10 ta bank), valyuta birjasi savdolarida ishtirok etish (1 ta bank), aholi omonatlarini jalb qilish, bankka aloqador shaxslar va xorijiy banklar bilan aktiv operatsiyalarni amalga oshirishni (Xaytekbank, Ravnaqbank, Universalbank) taqiqlab qo‘yish shaklida qo‘llanilgan.

Jarima choralari quyidagi holatlar uchun qo‘llanilgan:

a) 13 ta bankda inspeksiya natijalarida aniqlangan tartibbuzarliklar bo‘yicha – 5,9 mlrd. so‘m;

b) 24 ta bankda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi tartibbuzarliklar bo‘yicha – 5,1 mlrd. so‘m;

v) 24 ta bankda iqtisodiy meyorlarga rioya qilinmaganligi uchun – 4,2 mlrd. so‘m;

g) 8 ta bankda ichki nazorat qoidalari talablariga amal qilinmaganligi uchun – 3,8 mlrd. so‘m;

d) 2 ta bankda bank xizmatlari iste’molchilari huquqlari buzilganligi uchun – 120 mln. so‘m (ushbu jarima amaliyoti yaqinda joriy etilgan) miqdorida undirilgan.

Iqtisodiy meyorlar bo‘yicha banklar tomonidan asosan likvidlilik va ochiq valyuta pozitsiyasi meyorlariga amal qilinmagan.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Tangalar, naqd pul yoki jvachka: Markaziy bank alohida murojaatni e’lon qildi

Ushbu davrda undirilgan jarima summalari banklar kesimida 50 mln. so‘mdan 2 mlrd. so‘m doirasida bo‘lib, shundan 250 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdorda 6 ta bankdan, 250 mln. - 500 mln. so‘m o‘rtasida bo‘lgan miqdorda 7 ta bankdan, 500 mln. - 1 mlrd. so‘m o‘rtasida 7 ta bankdan, 1 mlrd. - 2 mlrd. so‘m o‘rtasida 8 ta bankdan undirilgan.

Banklardan tashqari, inspeksiya natijalariga ko‘ra 9 ta mikrokredit tashkilotlaridan 170 mln. so‘m va 3 ta lombardlardan 27,6 mln. so‘m miqdorida jarimalar undirilgan.

2018 yilda qo‘llanilgan choralar bo‘yicha Markaziy bank tomonidan kredit tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish va ularning kelgusida yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuborildi.

2019 yilda Markaziy bank kredit tashkilotlari tomonidan bank qonunchiligiga rioya etilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirishni, shuningdek tartibbuzarliklarni oldini olish maqsadida oldindan ta’sir choralarini qo‘llashni davom ettiradi.

Yangiliklar lentasi
0