23:46 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Dobыcha zolotosoderjaщey porodы na rudnikax

Kanadaning eng nomdor oltin qazib oluvchi kompaniyasi Oʻzbekistonga qiziqib qoldi

© Sputnik / Igor Ageyenko
Iqtisod
Havola olish
827 0 0

Kompaniya Oʻzbekiston bilan oʻzaro manfaatli va sermahsul hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga strategik ahamiyat qaratadi. "B2Gold" kompaniyasi oʻz tashabbuslarini hayotga tatbiq etish uchun Kanadadan zamonaviy texnologiyalarni jalb etishni taklif qilmoqda

TOSHKENT, 26 yanv - Sputnik. Joriy yil 23 yanvar kuni Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Oʻzbekistonning AQSH va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov Kanadaning "B2Gold" kompaniyasi vitse-prezidenti Neyl Rider bilan muzokara oʻtkazdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

"B2Gold" - Kanadaning eng old oltin qazib oluvchi kompaniyasi boʻlib, 2018 yil yakunlariga koʻra, ishlab-chiqarish hajmini 1 million untsiyaga yetkazgan.

Suhbat davomida "B2Gold" kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishi boʻyicha amaliy masalalar koʻrib chiqilgan.

Neyl Riderga koʻra, kompaniya Oʻzbekiston bilan oʻzaro manfaatli va sermahsul hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga strategik ahamiyat qaratadi. Oʻz tashabbuslarini hayotga tatbiq etish uchun "B2Gold" kompaniyasi Kanadadan zamonaviy texnologiyalarni jalb etishni taklif qilmoqda.

Kanada - foydali qazilmalarni qazib olish boʻyicha dunyoning yetakchi beshligiga kiradi.

"B2Gold" vitse-prezidenti joriy yil may oyida Kanadaning yetakchi kompaniyalari tarkibida Oʻzbekistonga tijorat missiyasi bilan kelish rejasi borligini maʼlum qilgan. Ushbu tashrif elchixona va jami 200ga yaqin kompaniya va korxonalarni birlashtirib turuvchi Rossiya hamda Yevroosiyodagi Kanada ishbilarmonlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu sektorda kanadaning old kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari 3-6 mart kunlari Toronto shahrida boʻlib oʻtadigan Kanadaning Togʻ va geologorazvedka Assotsiatsiyasi (PDAC) sʼyezdi doirasida muhokama qilish rejalashtirilgan. Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ushbu sʼyezdda ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular