20:31 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
195 0 0

Keyingi yillarda Eronda Oʻzbekiston paxtasi va toʻqimachilik mahsulotlariga boʻlgan talab ortgan.

TOSHKENT, 29 — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyatida Eron Islom Respublikasi temir yoʻl tizimi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” axborot xizmati xabar qildi.

Direktor Tsentra izucheniya mirovыx energeticheskix rыnkov VSHE Vyacheslav Kulagin
© Foto : Iz lichnogo arxiva Vyacheslava Kulagina

Xabarda keltirilishicha, uchrashuvda ikki davlat temir yoʻl sohasi oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, manfaatli aloqalarni rivojlantirish borasida bir qator masalalar koʻrib chiqilgan. 

“Xususan, tranzit yuklarni tashishda qulayliklar yaratish, bu borada yangi yoʻnalishlarni koʻrib chiqish, konteyner vagonlari orqali import va eksport xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha fikr yuritilgan. Keyingi yillarda Eron Islom Respublikasida Oʻzbekiston paxtasi va toʻqimachilik mahsulotlariga boʻlgan talab ortgan. Uchrashuvda ushbu masalaga ham alohida toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek, Erondan neft mahsulotlarini olib kelish va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan oltingugurtni yetkazib berish borasida ham takliflar bildirilgan”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Eron Oʻzbekiston yoʻnalish boʻyicha konteynerlar orqali tashuvlar hajmini oshirishni rejalashtirgan. Joriy yilda Xitoydan 50 ming tonna yuk olib kelish belgilangan. Bu borada Qozogʻiston va Turkmaniston davlatlari bilan ham muzokaralar olib borilishi koʻzda tutilgan.

Uchrashuv soʻnggida muhokama etilgan masalalar yuzasidan yigʻilish bayonnomasi imzolandi.

Asosiy mavzular