22:53 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Transportno-logisticheskiy kompleks

Oʻzbekiston tadbirkorlari Afgʻoniston bilan biznesni yoʻlga qoʻyishlari mumkin

© Sputnik / Stanislav Savin
Iqtisod
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
361 0 0

Afgʻonistonga oʻz mahsulotlarini eksport qilish istagida boʻlgan mahalliy tadbirkorlik subʼyektlari mahsulotlarni eksport qilish yuzasidan tijorat takliflarini 5 fevralga qadar yoʻllashlari mumkin

TOSHKENT, 29 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan Afgʻoniston Islom Respublikasida amalga oshirilayotgan turli loyihalar, grantlar, hayriya yordamlari doirasida zarur boʻladigan mahsulotlar boʻyicha Oʻzbekistondan yetkazib berish mumkin boʻlgan mahsulotlar yuzasidan takliflar tayyorlanmoqda.

Bunda Afgʻonistonga oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallari, tekstil, elektrotexnika, charm-poyabzal, kimyo, metallni qayta ishlash, rezina mahsulotlari va plastmassa sanoatidagi turli xalq isteʼmol tovarlari, nooziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyati mavjuddir, deb xabar qiladi Oʻz SSP Axborot xizmati 

Shu munosabat bilan Afgʻonistonga oʻz mahsulotlarini eksport qilish istagida boʻlgan mahalliy tadbirkorlik subʼyektlari mahsulotlarni eksport qilish yuzasidan tijorat takliflarini 2019 yil 5 fevralga qadar Palataning Eksportga koʻmaklashish boshqarmasining g.usmanov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etish soʻralmoqda.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular