“O‘zbekoziqovqatxolding” tugatiladi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK ikki oy muddatda ichida tugatilib, ushbu sohada o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilot tuzish bo‘yicha takliflar kiritiladi.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo va Moliya vazirliklari bilan birgalikda “O‘zbekoziqovqatxolding” XKni tugatish choralarini ko‘radi.

Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarorida aytilgan.

Yangi qarorga asosan mazkur kompaniya ikki oy muddatda ichida tugatilib, ushbu sohada o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilot tuzish bo‘yicha takliflar kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0