13:14 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Traktor na pole vo vremya poseva

Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi tasdiqlandi

© Flickr / tuchodi
Iqtisod
Havola olish
251 0 0

Yer uchastkasini ajratish uchun tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga ariza beriladi.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Hukumat qarori bilan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Nizomga muvofiq, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyishga yer uchastkasi egalari bilan ochiq muhokama oʻtkazilganidan hamda yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash ishlari hokimning qarori bilan belgilangan yer uchastkasi ajratilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs (buyurtmachi) hamda kadastr organlari tomonidan shartnoma asosida bajariladi.

Buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga ariza beradi.

Ajratilayotgan yer uchastkalari qurilish organlari bilan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelishilishi lozim.

Tegishli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin tuman (shahar), Toshkent shahar hokimi ikki kun muddatda yer uchastkasi ajratish haqida qaror qabul qiladi.

Qaror asosida uch kunda yer uchastkasi chegaralari belgilanadi.

Asosiy mavzular