15:34 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Koshelek s dengami

Moliya vazirligi eng kam ish haqlari qanchaga oshganini maʼlum qildi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
1042 0 0

Misol uchun, byudjet tashkilotlarida 1 stavkaga ishlovchi farroshning oylik ish haqi miqdori oʻtgan yilning 1 yanvar holatiga 577 ming soʻmni tashkil etdi, yoki 151 ming soʻmga oshdi.

TOSHKENT, 30 yanv - Sputnik. 2019 yilning 1 yanvaridan boshlib eng kam ish haqi oluvchi xodimlarning ish haqlari oʻrtacha 10 foizga oshirildi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi matbuot-xizmati.

Vazirlik xabariga koʻra, endilikda:

- 1-razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (farroshlar, qoravullar, ishchilar va boshqalar) ning ish haqlari 1,15 barobarga;

- 2-razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (engil avtomobil xaydovchilari, bogʼbonlar, ish yurituvchilar va boshqalar) ning ish haqlari 1,1 barobarga;

- 3 razryadda ish haqi oluvchi xodimlar (elektriklar, santexniklar, kassirlar, laborantlar va boshqalar) ning ish haqlari 1,05 barobarga oshirildi.

Shunday qilib, eng kam ish haqi miqdorlarining oshirilishi (2018 yil 15 iyuldan 7 %ga va 1 noyabrdan esa 10 %ga) va kam ish haqi olib 1 razryadda ishlovchi xodimlarning ish haqlarini oshirilishi hisobiga eng kam ish haqi miqdori oʻtgan yilning yanvar oyiga nisbatan 1,35 barobarga (1,07×1,1×1,15) oshirildi.

Misol uchun, byudjet tashkilotlarida 1 stavkaga ishlovchi farroshning oylik ish haqi miqdori oʻtgan yilning 1 yanvar holatiga (ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni hisobga olmagan holda) 426,5 ming soʻm (172 240 × 2,476) boʻlgan boʻlsa, 2019 yil 1 yanvaridan esa 577 ming soʻmni (202 730 × 2,847) tashkil etdi, yoki 151 ming soʻmga oshdi.

Taʼkidlash lozimki, eng kam ish xaqi miqdorining va yagona tarif setkasining quyi darajalari tarif koeffitsientlarining oshirilishi byudjet soxasida faoliyat yuritayotgan 370 ming ishchining oylik ish xaqini va shu bilan birga iqtisodiyotning turli jabxalarida kam ish haqi olib ishlovchi ishchilarning ish haqlarini oshishiga olib keladi, deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular