06:54 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Iqtisod
Havola olish
248 0 0

2018 yil davomida Oʻzbekistonda non mahsulotlari narxi - 28 %ga, goʻsht va baliq narxi – 20 %ga va sut mahsulotlari narxi – 13 %ga oʻsishi qayd etilgan.

TOSHKENT, 4 fev – Sputnik. Davlat Statistika qoʻmitasi eʼlon qilgan hisobotga koʻra, 2019 yilning yanvar oyida tovarlar va xizmatlar orasida narxlar oʻsishi eng koʻp oziq-ovqat mahsulotlari sohasida kuzatilgan.

2018 yilning yanvar oyi bilan solishtirganda, asosiy mahsulotlar narxlari oʻsganini qayd etish mumkin. Xususan, non mahsulotlari - 28%ga, goʻsht va baliq – 20 %ga, sut mahsulotlari – 13%ga, alkogol – 10%ga va yogʻlar – 8% oshgani qayd etilgan.

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy

2018 yilning Dekabr oyi bilan solishtirganda, narxi eng koʻp oshgan mahsulot guruhlari quyidagilar boʻlgan: meva sabzavotlar – 8,3 %, sut mahsulotlari – 3 % va non mahsulotlari – 2 %ga oʻsishi kuzatilgan.

Qayd etish joizki,non narxining keskin oshishiga bir necha obʼyektiv sabablar bor. Xususan, 2018 yilning sentyabr oyida Hukumat qaroriga asosan, qolipli non (buxanka) narxlarini tadbirkorlar tomonidan erkin belgilashga ruxsat berilgan edi. Undan oldin "buxanka" narxi davlat tomonidan belgilab berilgan. 

Shuningdek, alkogolli ichimliklar narxi oshishiga alohida sabab ham bor. Oʻtgan yilning oxirida barcha alkogolli ichimliklar uchun aktsiz toʻlovlari miqdori oshirilgan edi.

Asosiy mavzular