11:38 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Mujchina sidit u kompyutera

Jizzaxda “Ilgʻor hudud” biznes-inkubatori ochiladi

© pixabay
Iqtisod
Havola olish
118 0 0

Loyiha boshqaruv milliy agentligi bilan tadbirkor orasida investitsion memorandum imzolanib, sheriklik asosida biznes yuritish ham koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 10 fev - Sputnik. Jizzax shahrida 2019 yilning 1 martidan boshlab Oʻzbekiston , “Ilgʻor hudud” biznes-inkubatori ochiladi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi.

“Ilgʻor hudud” biznes-inkubatori Loyiha boshqaruv milliy agentligi tomonidan tashkil qilinadi. Biznes-inkubator yosh tadbirkorlarga biznes reja tuzish, xavf-xatarlarni toʻgʻri hisoblash, mahsulotni sotish kanallarini tashkil qilish va investor topishga yordam beradi.

“Biznes-inkubatorning asosiy maqsadi- tadbirkor oʻz gʻoyasi bilan bu yerga keladi va loyiha bosqichida uning maslahatchilari hamda mutaxassislari bilan birgalikda oʻz gʻoyasi ustida ishlaydi. Loyiha shakllantirilgandan soʻng, biznes-reja ishlab chiqiladi, loyiha ekspertizadan oʻtadi. Tanlov natijalarga koʻra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi. Gʻolib chiqqan tadbirkor hamda  Loyihalarni boshqarish milliy agentligi oʻrtasida investitsion memorondumga imzo qoʻyiladi. Natijada ular oʻrtasida sheriklik munosabatlari shakllanib (har bir tomon loyihaga oʻzining maʼlum aktivini kiritadi) birgalikda investitsion loyihani amalga oshiradilar”, - deyilgan xabarda.

Biznes-inkubator v Djizzakskoy oblasti
Biznes-inkubator v Djizzakskoy oblasti

Shuningdek, Loyiha boshqaruv milliy agentligi bilan tadbirkor orasida investitsion memorandum imzolanib, sheriklik asosida biznes yuritish ham koʻzda tutilgan.

“Eng asosiysi - tadbirkorning loyiha boʻyicha barcha ehtimoli bor xatarlariga sherik boʻlishga tayyordir”, - deyilgan xabarda.

Biznes inkubatori tashkilotchilari “Ilgʻor hudud” viloyatda yoshlar orasida samarali ishbilarmonlik muhiti rivojlantirishiga ishonchi bildirishmoqda.

 

 

 

 

 

Asosiy mavzular