23:13 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15

Oʻzbekistonda barcha brendlar yangi tartibda xatlovdan oʻtkaziladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Iqtisod
Havola olish
136 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyati qoniqarsiz deb topilib, u Adliya vazirligi tizimiga oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yil 1 martdan boshlab barcha tovar belgilari yangi tartibda roʻyxatdan oʻtkazila boshlaydi. Bu haqida prezidentning “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” qarorida aytib oʻtilgan.

Yangi qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyati qoniqarsiz deb topilib, u Adliya vazirligi tizimiga oʻtkaziladi.

Undan tashqari, 2019 yilning 1 iyuliga qadar respublikada roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha tovar belgilarini xatlovdan oʻtkazib, qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarining guvohnomalari bekor qilinadi.

Uchinchidan 2019 yilning 1 martidan boshlab intellektual mulkni roʻyxatga olishda yangi tartib oʻrnatiladi. Unga muvofiq:

  • tovar yoki xizmat koʻrsatish belgilari, talabnomalar topshirilgandan soʻng 1 ish kunida Agentlik rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
  • tovar belgilari rasmiy veb-saytiga joylashtirilib, davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi;
  • tovar belgisi respublika hududida soʻnggi uch yil mobaynida uzluksiz ravishda foydalanilmaganda yoki manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida, muddatidan avval toʻliq yoki qisman tugatilishi mumkin.

Intellektual mulk yangi maʼlumotlar bazasi ishlab chiqiladi.

Prezident huzuridagi “Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” bilan birgalikda 2019 yil 1 iyulga qadar intellektual mulk obʼyektlarining yagona va doimiy yangilanib boradigan integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasini ishlab chiqiladi va joriy etiladi.

Intellektual mulnkning yangi bazasi quyidagilarni taʼminlashi kerak boʻladi:  

  • huquqiy himoya olgan va undan mahrum boʻlgan intellektual mulk obʼyektlarini real vaqt rejimida kuzatib borish;
  • intellektual mulk obʼyektlari huquqiy himoya olgan va undan mahrum boʻlganda ularni avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk obʼyektlarining bojxona reyestriga kiritish va chiqarish;
  • intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilish.

Undan tashqari, prezident qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga, mulk huquqini himoya qilish xalqaro indeksi mezonlarini inobatga olgan holda, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasiga doir chora tadbirlar ishlab chiqishi topshirilgan.

Moliya hamda Investitsiyalar vazirliklari 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan patent bojlari va toʻlovlarini, shuningdek, norezidentlardan tovar belgisi va sanoat namunasining huquqiy muhofazasini berish uchun undiriladigan individual boj stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi kerak.

Intellektual mulk haqidagi qarorning toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Asosiy mavzular