23:22 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Rulonы s listovoy zagotovkoy

Toshkentda yangi metallurgiya zavodi dekabrda ishga tushadi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn
Iqtisod
Havola olish
320 0 0

Metallurgiya zavodining ishlab chiqarish quvvati yiliga 500 ming tonnani tashkil qiladi va u birinchi navbatda Oʻzbekiston ehtiyojlarini qondirishga moʻljallangan.

TOSHKENT,12 fev – Sputnik. Toshkent metallurgiya zavodi 2019 yilning dekabr oyida sovuq chigirish (xolodnыy prokat) yoʻli bilan birinchi partiya metall mahsulotni ishlab chiqaradi.

Zavodning umumiy qiymati 286 million yevroni tashkil qiladi. 

“Zavodning asosiy binosi qurib bitkazilgan. Ayni damda zavodni suv, gaz, azot, vodorod va siqilgan gaz bilan taʼminlovchi qoʻshimcha obʼyektlarning qurilish ishlari olib borilmoqda hamda aspob-uskunalar yetkazib beruvchi tashkilotlar tanlanmoqda”, - dedi zavodning texnik direktori Valeriy Osin.

Osin aytishiga qaraganda asosiy uskunalar Italiyaning Danieli kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. Zavod ikki yil ichida toʻliq quvvat bilan ishlay boshlaydi.

Metallurgiya zavodining ishlab chiqarish quvvati yiliga 500 ming tonnani tashkil qiladi. va u birinchi navbatda Oʻzbekiston ehtiyojlarini qondirishga moʻljallangan. Tayyor mahsulotning 20 % eksport uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular