TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
12 fevral kuni Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligida Qirgʻiziston delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikkiyoqlama hamkorlikning ayni holatini muhokama qildilar va ikki davlat oʻrtasida koʻpqirrali hamkorlik jadal rivojlanayotganini eʼtirof etdilar.
Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri respublika Oʻzbekiston bozoriga kartoshka, mol goʻshti va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishdan manfaatdorligini aytdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mashinasozlik, chorvachilik, urugʻ yetishtirish va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Qirgʻiziston sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Oʻzbekiston tomoniga Rossiya bozoriga hamkorlikda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishni taklif etdi.
"Biz agrar sanoati sektorida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ega boʻlgan raqobatbardosh afzalliklaridan samarali foydalanish tarafdorimiz", - deya taʼkidlagan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikda ishchi guruhini tashkil etish va 2019 yilga rejalarni aniqlab olishga kelishganlar.