04:31 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
V Ministerstve investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan sostoyalas vstrecha zamestitelya ministra Badriddina Abidova s zamestitelem ministra inostrannыx del Gruzii Aleksandrom Xvtisiashvili

Oʻzbekiston Gruziyaga paxta eksportini kamaytirdi

PR-tsentr Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
251 0 0

Gruziya va Oʻzbekiston vazir oʻrinbosarlari darajasida iqtisodiy hamkorlikka bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi.

TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Badriddin Abidov Gruziya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Xvtisiashvili bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Oʻzbekiston va Gruziya TIVlari muzokaralarning 11 raundi doirasida ikki mamlakat orasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion va turistik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida tomonlar 2018 yil davomida ikki mamlakat iqtisodiy munosabatlari hajmi Oʻzbekiston paxta tolasi eksporti kamayishi oqibatida, qisqarganinia qayd etishdi. Shu bilan birga, tomonlar kelajakda hamkorlikning ulkan istiqbollari borligi qayd etishdi.

Xususan, Xvtisiashvili bugungi kunda Gruziya aeroport, yoʻllar va dengiz portlarida olib orilayotgan ulkan rekonstruktsiya ishlari natijasida, kelajakda ularning transport infratuzilmasi Markaziy Osiyodan Yevropaga yuklar tranzitida ulkan rol uynashi mumkinligini xabar qildi.

Shuningdek Gruziya vakili Oʻzbekistonda yuz berayotgan ulkan oʻzgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini oʻz oʻz yurtida oʻtkazilgan iqtisodiy islohotlar tajribasi bilan boʻlishishga tayyorligini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston tomoni qishloq xoʻjaligini klaster tizimi asosida rivojlantirishga oʻtganini hamda Gruziya tomonini Oʻzbekiston hududida paxtachilik, vinochilik va bogʻdorchilik sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirishga chorladi.

Tomonlar kelajakda Oʻzbekiston  va Gruziya hududida tashkil qilinadigan iqtisodiy forumlarda suhbatni davom ettirishga kelishib olishdi.

V Ministerstve investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan sostoyalas vstrecha zamestitelya ministra Badriddina Abidova s zamestitelem ministra inostrannыx del Gruzii Aleksandrom Xvtisiashvili
PR-tsentr Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan
V Ministerstve investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan sostoyalas vstrecha zamestitelya ministra Badriddina Abidova s zamestitelem ministra inostrannыx del Gruzii Aleksandrom Xvtisiashvili

Asosiy mavzular