23:15 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Goroda Mira. Tashkent

Toshkent bozorlarida undiriladigan yigʻim, ijara toʻlovlarining yangi miqdori tasdiqlanadi

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Iqtisod
Havola olish
41920

Hujjat loyihasida hoʻl mevalar sotish 1 oʻrin/kunga 8,5 ming soʻm, sabzavotlar – 6 ming soʻm, salqin ichimliklar esa 38 ming soʻm toʻlov miqdori taklif qilingan.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida” Toshkent shahar hokimining qarori loyihasi tayyorlandi.

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy

Qaror loyihasiga bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari; bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarini ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari; bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining miqdorlari; bozorlar va savdo komplekslari hududidagi umumiy foydalaniladigan obʼyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan toʻlov miqdori ilova qilingan.

Misol uchun hujjat loyihasida hoʻl mevalar sotish 1 oʻrin/kunga 8,5 ming soʻm, sabzavotlar – 6 ming soʻm, salqin ichimliklar esa 38 ming soʻm toʻlov miqdori taklif qilingan.         

“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy oʻlchami 1 — 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.”- deyilgan hujjat ilovasida.

Asosiy mavzular