11:51 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
814 0 0

Loyiha Davlat byudjeti mablagʻlari va Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti hisobiga moliyalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 15 fev - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati “Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qildi, deb xabar qildi LexUZ.

Hujjatda keltirilishicha, loyihaning umumiy qiymati 82,6 million dollarni tashkil etadi va uni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 47,5 million dollar, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 35,1 million dollar ajratiladi.

Xususan, 27,9 million dollar mashina va uskunalarga, 48,2 million dollar qurilish-montaj ishlariga sarflanadi. Moliyaviy harajatlar uchun 2,1 million dollar va qolgan harajatlar 4,3 million dollarga baholangan.

2017 yilda Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishi qurilishlari boshlangan, umumiy uzunligi 7,1 kmni tashkil etadi.

Avvalroq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Metrovagonmash” AJ (Rossiya) qiymati 27,7 million yevro boʻlgan 5 ta sostav vagonlarini xarid qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular