07:36 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
166 0 0

Bundan buyon Oʻzbekistondan paxta chigitini olib chiqish Qishloq xoʻjaligi vazirlgi xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 18 fev – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev urugʻchiliktoʻgʻrisidagi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” telegram kanali.

Yangi qonunga muvofiq, ekinlarning navlarini takror koʻpaytirish bosqichlariga qarab, urugʻliklarning quyidagi toifalari belgilanadi: original, elita va reproduktsion.

Qonun bilan urugʻchilik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi. Urugʻlik yetishtirishda genetik (nav) sifat koʻrsatkichlarini saqlab qolinadi.

Urugʻliklarni Oʻzbekiston hududiga olib kirishga quyidagi shartlar asosida yoʻl qoʻyiladi, agar:

  • paxta chigiti, boshoqli don ekinlari va kartoshka urugʻliklari Oʻzbekiston hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritilgan nav va duragay jumlasidan boʻlsa;
  • urugʻliklarning muvofiqlik sertifikati va fitosanitariya sertifikati, shuningdek karantin ruxsatnomasi mavjud boʻlsa;
  • urugʻliklar selektsiya va tadqiqot ishlari, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan boʻlsa.

Ilmiy maqsadlarda va navni sinash uchun olib kirilayotgan hamda olib chiqilayotgan urugʻliklar uchun bojxona boji undirilmaydi va ular kvotalanmaydi hamda litsenziyalanmaydi. 

Paxta chigitini va boshoqli don ekinlarining urugʻliklarini olib chiqish Qishloq xoʻjaligi vazirligining xulosasi asosida Innovatsion rivojlanish vazirligining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Boshqa ekinlarning urugʻliklarini olib chiqish uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi. 

Oʻzbekistondan olib chiqiladigan urugʻliklarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat inspektsiyalari tomonidan berilgan fitosanitariya sertifikati ilova qilinadi.

Asosiy mavzular