04:37 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Ladon zapachkannaya neftyu

Oʻzbekiston Qozogʻiston va Rossiyadan 5 million tonnagacha neft sotib olishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Iqtisod
Havola olish
265 0 0

Qozogʻiston parlamentining deputatlari Oʻzbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik ayrim masalalari haqida bitimni ratifikatsiyadan oʻtkazishdi.

TOSHKENT, 20 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Qozogʻiston va Rossiyadan 5 million tonna neft yetkazib berilishiga qiziqish bildirgan. Bu haqda RIA Novosti Qozogʻiston energetika vaziri Kanat Bozumbayevga asoslangan holda xabar qildi.

Qozogʻiston parlamentining deputatlari Oʻzbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik haqida bitimni ratifikatsiyadan oʻtkazishdi.

 “Oʻzbekiston soʻrovnomasiga asosan Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekistonga yiliga 1 million tonna neft yetkazib berish masalasini oʻrganmoqda. Qozogʻiston tranzit tomon sifatida koʻrib chiqilmoqda”, - deb aytdi Qozogʻiston energetika vaziri.

Bozumbayevning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston yiliga 5 million (shulardan Qozogʻistondan 2 million tonna va Rossiyadan 3 million tonna) tonnagacha neft sotib olishga qiziqish bildirgan.

“Shuningdek, faqat Qozogʻistondan 5 million tonna yetkazib berish varianti koʻrib chiqilmoqda”, - dedi Bozumbayev.

Asosiy mavzular